Barcha yangiliklar
Mahallalarda sport inshootlari holati o‘rganildi
Gallery image 221786
Gallery image 221787
Gallery image 221788
Gallery image 221789
Gallery image 221790
MIRZAYEVA XULKAR ABDUSATTOROVNA
21 Avg 2026
12:32

Mahallalarda sport inshootlari holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati Tashmuhammedova Muhabbat Baxtiyorovna tomonidan mahallalarda aholi, ayniqsa, yoshlar va bolalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning sport bilan muntazam shug‘ullanishlari uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganildi.

O‘rganish davomida mahallalardagi bolalar maydonchalari, va sport inshootlarining holati, mavjud jihozlarning sozligi, obodonlashtirilganligi hamda ulardan aholining foydalanish imkoniyatlari ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, aniqlangan muammolarni bartaraf etish, sport inshootlarini ta’mirlash va zamonaviy jihozlar bilan ta’minlash bo‘yicha tegishli mas’ullar bilan fikr almashildi.

Deputat tomonidan bu kabi o‘rganishlar aholining, xususan, yosh avlodning sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash va mahallalarda sport infratuzilmasini yanada rivojlantirishga qaratilgan.