Barcha yangiliklar
Navro‘z MFYda amaliy o‘rganish davom etmoqda
Gallery image 221765
Gallery image 221766
Gallery image 221767
Gallery image 221768
OLIMJONOV OMADBEK ABRORJON O‘G‘LI
17 Avg 2026
00:00

Navro‘z MFYda amaliy o‘rganish davom etmoqda

Navro‘z MFY hududida Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati R. Ahmadulin hamda MFY raisi ishtirokida aholi xonadonlarini o‘rganish va fuqarolar muammolarini aniqlash bo‘yicha amaliy o‘rganish ishlari davom etmoqda.

O‘rganishlar davomida xonadonlarning mavjud sharoitlari ko‘zdan kechirilib, fuqarolar bilan suhbatlar o‘tkazilmoqda hamda ularning murojaat va muammolari tinglanmoqda.

Aniqlangan muammolarni joyida o‘rganish, fuqarolarga amaliy ko‘mak ko‘rsatish va mavjud masalalarni hal etish yuzasidan tegishli ishlar olib borilmoqda.

Aholining murojaatlarini manzilli o‘rganish hamda fuqarolarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan amaliy ishlar Navro‘z MFY hududida davom etmoqda.