Barcha yangiliklar

OLIMJONOV OMADBEK ABRORJON O‘G‘LI
17 Avg 2026
00:00
Xotin-qizlar bilan ishlash holati o‘rganildi
Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati A. Appakov tomonidan Navro‘z MFY xotin-qizlar faoli bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida xotin-qizlarning bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunarga o‘rgatish, ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollar bilan manzilli ishlash hamda ularning muammolarini o‘rganish borasidagi ishlar muhokama qilindi.
Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va mavjud muammolarni hal etish bo‘yicha amaliy takliflar bildirildi.