Barcha yangiliklar
Navro‘z MFYda aholi bandligi masalalari muhokama qilindi
OLIMJONOV OMADBEK ABRORJON O‘G‘LI
17 Avg 2026
00:00

Navro‘z MFYda aholi bandligi masalalari muhokama qilindi

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati A. Appakov tomonidan Navro‘z MFY hokim yordamchisi bilan uchrashuv o‘tkazilib, hududda aholi bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

Suhbat davomida ishsiz fuqarolarni ish bilan ta’minlash, tadbirkorlikka jalb etish, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda aholining daromadlarini oshirish masalalariga e’tibor qaratildi.

Aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.