Barcha yangiliklar
Ijtimoiy himoyaga muhtoj xonadonlardagi ishlar o‘rganildi
Gallery image 221689
Gallery image 221690
OLIMJONOV OMADBEK ABRORJON O‘G‘LI
13 Avg 2026
00:00

Ijtimoiy himoyaga muhtoj xonadonlardagi ishlar o‘rganildi

G‘ayrat MFYda “Dolzarb 40 kunlik” doirasida ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar yashaydigan xonadonlarning tashqi devorlarini ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.

Andijon shahar G‘ayrat saylov okrugi deputati T. Jabborxonov hududga chiqib, mazkur xonadonlarda amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.

O‘rganish davomida xonadonlarning tashqi ko‘rinishini yaxshilash, obodonlashtirish ishlarini sifatli tashkil etish hamda ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.