Barcha yangiliklar





ALIYEVA ZILOLA YASHNAROVNA
20 Avg 2026
11:48
“SHAYH SHIBLI”MAHALLASIDA SUV QUVARIYASI TEZKOR BARTARAF ETILDI 👇👇👇
Yunusobod tumanidagi Shayx Shibli” mahallasida ichimlik suvi quvurining yorilishi natijasida ko‘chaga katta miqdorda suv oqib chiqib, suvning behuda sarflanishi holati kuzatildi.
🇺🇿Mazkur holat xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi Raisi, deputati Yusupov Ravshan Abilovich tomonidan joyiga chiqib o‘rganildi.
🚰Deputatning tegishli mutasaddi tashkilotlarga murojaati va hamkorligi natijasida suv oqimi tezkor ravishda to‘xtatildi. Quvurdagi nosozlikni bartaraf etish bo‘yicha zarur ishlar tashkil etildi.
🤝Aholi murojaatlarini o‘z vaqtida o‘rganish, muammolarga tezkor yechim topish hamda ichimlik suvining behuda sarflanishining oldini olish deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan biridir.
Bizni kuzatishda davom eting!