Barcha yangiliklar
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MUSTAQILLIGINING 35 YILLIGI MUNOSABATI BILAN AYOLLARNING SIYOSIY VA IJTIMOIY FAOLLIGINI OSHIRISHGA BAG‘ISHLANGAN RESPUBLIKA AYOLLAR FORUMI
Gallery image 221571
Gallery image 221572
Gallery image 221573
Gallery image 221574
ALIYEVA ZILOLA YASHNAROVNA
19 Avg 2026
11:23

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MUSTAQILLIGINING 35 YILLIGI MUNOSABATI BILAN AYOLLARNING SIYOSIY VA IJTIMOIY FAOLLIGINI OSHIRISHGA BAG‘ISHLANGAN RESPUBLIKA AYOLLAR FORUMI

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashida «Ayollarning siyosiy va ijtimoiy faolligini oshirishning zamonaviy yondashuvlari» mavzusida Respublika ayollar forumi o‘z ishini boshladi.

🌿Mazkur forumda O‘zbekiston Ekologik partiyasidan Yunusobod tumani Kengashi deputati Voropayeva Natalya ham ishtirok etdi.

📌Forum doirasida xotin-qizlarning jamiyat hayotidagi faolligini yanada oshirish, ularning ijtimoiy-siyosiy jarayonlardagi ishtirokini kengaytirish, siyosiy faolligi va tashabbuskorligini qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, zamonaviy jamiyat rivojida ayollarning rolini kuchaytirish masalalari muhokama qilinmoqda.

🤝Tadbir xotin-qizlarning jamiyat va davlat hayotidagi faol ishtirokini ta’minlash, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda siyosiy va ijtimoiy jarayonlardagi rolini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Bizni kuzatishda davom eting!