Barcha yangiliklar
⚡️ Elektr energiyasi ta’minotidagi muammolar joyida o‘rganildi
Gallery image 221555
Gallery image 221556
SIDIKOVA SHAXNOZA BAXTIYOR QIZI
20 Avg 2026
00:00

⚡️ Elektr energiyasi ta’minotidagi muammolar joyida o‘rganildi

#DEPUTATLIK_NAZORATI

⚡️ Elektr energiyasi ta’minotidagi muammolar joyida o‘rganildi

📍Fuqarolar murojaatlarini o‘rganish va hududlarda mavjud muammolarni aniqlash maqsadida Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Sh.Eshov tomonidan tuman hududidagi “Yangi yo‘l” MFYda elektr energiyasi ta’minoti bilan bog‘liq masalalar o‘rganildi.

♻️O‘rganish davomida mahallaning Yangiyo‘l, Qozoqovul, O‘zbekovul va Tinchlik ko‘chalarida elektr ta’minotini yaxshilash maqsadida yangi beton sim ustunlari o‘rnatilgani hamda elektr tarmoqlari tortilgani aniqlandi.

♻️Qozoqovul ko‘chasiga yangi elektr taqsimlash qurilmasi — transformator o‘rnatilgan. Biroq mazkur transformator o‘rnatilganiga uch oydan ortiq vaqt o‘tgan bo‘lishiga qaramay, hozirga qadar elektr tarmog‘iga ulanmagan.

📝 O‘rganish jarayonida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, yangi o‘rnatilgan transformatorni tarmoqqa ulash, elektr quvvati pastligi muammosini hal etish hamda yangi tarmoqqa ulanmagan xonadonlarni elektr ta’minotiga ulash masalalari yuzasidan tegishli tashkilotga deputatlik so‘rovi chiqarilishi belgilandi.

✅Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube