Barcha yangiliklar







OLIMJONOV OMADBEK ABRORJON O‘G‘LI
12 Avg 2026
00:00
"Cho‘lpon 100 yilligi" mahallasida amaliy o‘rganish
Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati U. G‘ofurov tomonidan Cho‘lpon 100 yilligi mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish davomida mahalla yettiligi faoliyati, hududdagi mavjud masalalar hamda amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi. Mahalla yettiligiga hududda ishlarni samarali tashkil etish, mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va bartaraf etish yuzasidan 24 ta tavsiya tushuntirib o‘tildi.
Shuningdek, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.
Cho‘lpon 100 yilligi mahallasida amaliy o‘rganish ishlari davom etmoqda.