Barcha yangiliklar
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan
Gallery image 221380
Gallery image 221381
Gallery image 221382
Gallery image 221383
Gallery image 221384
XO‘JANAZAROV SHUXRAT BEKNAZAROVICH
21 Avg 2026
10:02

Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

ISTIQBOL MAHALLASIDAGI 61-MAKTABNING 2026–2027-O‘QUV YILIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashiga 20-Mehrabod saylov okrugidan saylangan deputat Qodirov Jamshid Hazratqulovichning saylov okrugiga qarashli Sherobod tumanining “Istiqbol” mahallasidagi 61-maktabda 2026–2027-o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi S. Safarov, shuningdek, maktab rahbariyati ham ishtirok etdi.

Tashrif davomida maktab rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazilib, ta’lim muassasasida yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ko‘rish borasida amalga oshirilgan ishlar bilan tanishildi.

🏫 O‘rganish davomida maktabda olib borilgan ta’mirlash ishlari to‘liq yakunlangani, sinf xonalari va o‘quv binosi yangi o‘quv yilini munosib kutib olish uchun tayyor holatga keltirilgani qayd etildi.

Shuningdek, ta’lim jarayonini sifatli tashkil etish, o‘quvchilar uchun qulay va xavfsiz sharoitlarni ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🤝 Yangi o‘quv yiliga puxta tayyorgarlik ko‘rish ta’lim sifatini oshirish, o‘quvchilar uchun zamonaviy, qulay va xavfsiz ta’lim muhitini yaratishda muhim omil hisoblanadi.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.