Barcha yangiliklar
Qo‘shariq MFYda obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
Gallery image 221367
Gallery image 221368
Gallery image 221369
OLIMJONOV OMADBEK ABRORJON O‘G‘LI
12 Avg 2026
00:00

Qo‘shariq MFYda obodonlashtirish ishlari o‘rganildi

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati A. Appakov tomonidan Qo‘shariq MFYda amaliy o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida mahalla raisi va fuqarolar bilan suhbat o‘tkazilib, hududdagi obodonlashtirish va tozalik ishlari, mavjud muammolar hamda fuqarolarning takliflari muhokama qilindi.

Shuningdek, mahalla hududini yanada obod va ko‘rkam qilish, tozalikni ta’minlash hamda obodonlashtirish ishlarini izchil davom ettirish masalalariga e’tibor qaratildi.

Aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar bildirilib, Qo‘shariq MFYdagi amaliy o‘rganish ishlari davom ettirilmoqda.