Barcha yangiliklar
Do‘stlik MFYda yoshlar masalalari muhokama qilindi
Gallery image 221338
Gallery image 221339
OLIMJONOV OMADBEK ABRORJON O‘G‘LI
12 Avg 2026
00:00

Do‘stlik MFYda yoshlar masalalari muhokama qilindi

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi bosh mutaxassisi O. Olimjonov tomonidan Do‘stlik MFYda amaliy o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida mahalla yoshlar yetakchisi bilan uchrashuv va suhbat o‘tkazilib, hududdagi yoshlar bilan ishlash holati, ularning bandligini ta’minlash, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida fikr almashildi.

Shuningdek, yoshlar bilan ishlash jarayonidagi mavjud masalalar muhokama qilinib, faoliyatni yanada samarali tashkil etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar bildirildi.