Barcha yangiliklar
#o'rganish #deputat nazorati
Gallery image 221327
Gallery image 221328
Gallery image 221329
Gallery image 221330
Gallery image 221331
Gallery image 221332
Gallery image 221333
BEGMATOV MUXRIDDIN BAXROM O‘G‘LI
20 Avg 2026
09:49

#o'rganish #deputat nazorati

Aholining yashash sharoitlarini yaxshilash, hududlar obodonchiligi va sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishini ta’minlash doimiy e’tiborda.
Olmaliq shahar "Yangi hayot" mahallasi hududidagi chiqindixonalarning amaldagi holati shahar Kengashi deputati Adham Xasanov hamda mahalla raisi hamkorligida bevosita joyiga chiqqan holda atroflicha o‘rganildi.

O‘rganish davomida:
🔹Chiqindi yig‘ish shoxobchalarining umumiy sanitariya-epidemologik holati;
🔹Maxsus texnikalar yordamida maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida va jadval asosida olib chiqib ketilishi;
🔹Hudud aholisi bilan yuzma-yuz muloqot va mavjud muammolarni eshitish.

O‘rganish natijalari: Muntazam va tizimli olib borilgan ishlar natijasida hududdagi chiqindixonalarda maishiy chiqindilarning to‘planib qolishi yoki atrof-muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatishi holatlari aniqlanmadi. Mahallada istiqomat qiluvchi fuqarolar bilan o‘tkazilgan samimiy muloqotlar davomida ham aholi tomonidan chiqindilarni olib chiqish xizmatlari bo‘yicha e’tiroz yoki muammolar mavjud emasligi bildirildi.

Aholi salomatligi va hudud ozodaligini saqlash borasidagi nazorat va hamkorlik tadbirlari davom ettiriladi.