Barcha yangiliklar





OLIMJONOV OMADBEK ABRORJON O‘G‘LI
12 Avg 2026
00:00
Yaxshi MFYda hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati A. Appakov tomonidan Yaxshi MFYda amaliy o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish davomida mahalladagi hokim yordamchisining faoliyati, aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda fuqarolarning daromadlarini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, hududdagi mavjud muammolar va amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan fikr almashilib, ishlarni yanada samarali tashkil etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar bildirildi.