Barcha yangiliklar
#uslubiy seminar #tahlil_nazorat
Gallery image 221301
Gallery image 221302
Gallery image 221303
Gallery image 221304
Gallery image 221305
Gallery image 221306
Gallery image 221307
Gallery image 221308
Gallery image 221309
Gallery image 221310
BEGMATOV MUXRIDDIN BAXROM O‘G‘LI
20 Avg 2026
09:48

#uslubiy seminar #tahlil_nazorat

Bugun Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi raisi Daniyar Karimov boshchiligida Kengash faoliyati va deputatlik mas’uliyatini oshirishga bagʻishlangan navbatdagi amaliy seminar boʻlib oʻtdi.

Muloqot davomida shahar Kengashining kunlik faoliyati va ijro intizomi tanqidiy-tahliliy ruhda koʻrib chiqildi. Xususan, quyidagi muhim yoʻnalishlarga alohida e’tibor qaratildi:
❇️Ijtimoiy tarmoqlar va ochiqlik: Kengash faoliyatini ijtimoiy tarmoqlarda sifatli va tezkor yoritib borish holati;
Qarorlar va qonunlar ijrosi: Kengash qarorlari monitoringi hamda qonunchilik hujjatlari ijrosi boʻyicha olib borilayotgan oʻrganishlar;
❇️24 ta tavsiyaviy yoʻnalish: Belgilangan yoʻnalishlar boʻyicha amalga oshirilgan amaliy ishlar tahlili;
❇️Murojaatlar va deputat soʻrovlari: Fuqarolardan kelib tushayotgan murojaatlar bilan ishlash, deputat soʻrovlarining natijadorligi va istiqboldagi rejalar.

Muntazam va tizimli ishlarni tashkil etishda yoʻl qoʻyilgan ayrim kamchiliklar koʻrsatib oʻtilib, tegishli mas’ullarga ogohlantirishlar berildi hamda ijro nazorati qat’iy belgilandi.

Seminar yakunida Kengash kotibiyati xodimlariga oʻzlariga biriktirilgan deputatlar va doimiy komissiyalar faoliyatini yanada jonlantirish, samaradorlikni oshirish boʻyicha aniq topshiriq va koʻrsatmalar berildi.