Barcha yangiliklar
#murojaat_ijrosi #mahalla_yettiligi #o'rganish
Gallery image 221293
Gallery image 221294
Gallery image 221295
Gallery image 221296
BEGMATOV MUXRIDDIN BAXROM O‘G‘LI
20 Avg 2026
09:46

#murojaat_ijrosi #mahalla_yettiligi #o'rganish

Olmaliq shahrining "Chambil" mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaro U.Xudoyberdiyeva moddiy yordam so‘rab murojaat qilgan edi. Mazkur murojaat e’tiborsiz qoldirilmadi va uning ijrosini ta’minlash maqsadida Xalq deputatlari shahar Kengashi hamda soha mas’ullaridan iborat ishchi guruh tuzildi.

Ishchi guruh a’zolari hududga bevosita tashrif buyurib, fuqaroning yashash sharoitini joyida atroflicha o‘rgandilar.
🔍 O‘rganish jarayonida:
Faxriddin Matasimov – hudud deputati;
Sevar Qodirova – Kotibiyat mudiri;
Abdujabbor Djurayev – Deputat;
"Mahalla yettiligi" mas’ul xodimlari;
"Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi vakili ishtirok etdi.

🛠 Amalga oshirilgan ishlar va natija: Muloqot davomida fuqaroning oilaviy sharoiti, moddiy ta’minoti va ijtimoiy ahvoli atroflicha tahlil qilinib, tegishli tartibda dalolatnoma rasmiylashtirildi.

Tuzilgan dalolatnomaga muvofiq, fuqaroga huquqiy tushuntirish berildi hamda amaliy yordam ko‘rsatish bo‘yicha "Mahalla yettiligi" vakillariga aniq va muddatli topshiriqlar belgilab berildi.

📌 Murojaatning to‘liq va sifatli ijro etilishi deputatlarimiz tomonidan alohida va doimiy nazoratga olindi.