Barcha yangiliklar
#rasman #sessiya_muhokama
Gallery image 221269
Gallery image 221270
Gallery image 221271
Gallery image 221272
Gallery image 221273
Gallery image 221274
Gallery image 221275
Gallery image 221276
Gallery image 221277
BEGMATOV MUXRIDDIN BAXROM O‘G‘LI
19 Avg 2026
09:39

#rasman #sessiya_muhokama

Bugun Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashining navbatdan tashqari 50-sessiyasi o‘tkazildi.
Sessiya kun tartibida 1 ta masala — Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashining bo‘shab qolgan 11-“Mustaqillik” saylov okrugi deputatligiga o‘tkazilgan saylov natijalari to‘g‘risida shahar saylov komissiyasi raisi B. Do‘simbetovning axboroti o‘rin oldi.

Sessiya kun tartibidagi masala yuzasidan 11-“Mustaqillik” saylov okrugidan O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan (O‘zLiDeP)  Meliyev Barxayot Baxtiyorjonovich deputat etib tasdiqlandi.
Sessiya yakunida deputatlar B. Meliyevning kelgusi mas’uliyatli faoliyatida zafarlar va omadlar tilab, samimiy tilaklarini bildirishdi.
🌐 Ochiqlik va shaffoflik:
Sessiya jarayoni jamoatchilik uchun to‘liq ochiq tarzda, shahar Kengashining rasmiy Facebook sahifasi orqali jonli efirda uzatildi.