Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputati X.Abduvohidov, tuman prokurori X.Gaziyev, IIB boshlig'i Yo.Akaboyev hamda 41401-harbiy qism komandirlari boshchiligida yoshlar bilan ochiq muloqot tarzidagi uchrashuv o'tkazildi.
Gallery image 221241
Gallery image 221242
Gallery image 221243
Gallery image 221244
Gallery image 221245
Gallery image 221246
Gallery image 221247
Gallery image 221248
Gallery image 221249
ORTIQBOYEV RUSTAM ZAYNIDDIN O‘G‘LI
21 Avg 2026
09:36

Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputati X.Abduvohidov, tuman prokurori X.Gaziyev, IIB boshlig'i Yo.Akaboyev hamda 41401-harbiy qism komandirlari boshchiligida yoshlar bilan ochiq muloqot tarzidagi uchrashuv o'tkazildi.

Tadbirlar davomida dastlab harbiy xizmatga boruvchi yoshlar bilan uchrashilib, ularga armiya safidagi tartib-qoidalar, harbiy xizmatchilar uchun yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlar hamda imtiyozlar haqida batafsil ma'lumot berildi. Soha mutasaddilari yoshlarga Sharafli burchni ado etishda har bir yoshning vazifasi ekanligi aytildi.

Shuningdek, uchrashuvning ikkinchi qismida mahallalardan tashrif buyurgan yoshlarning murojaat va takliflari tinglandi. Yoshlar tomonidan bildirilgan muammolar va turli masalalar nazoratga olinib, ularni qisqa muddatlarda hal etish bo'yicha tegishli tashkilot va korxona rahbarlariga aniq topshiriq va ko'rsatmalar berildi.