Barcha yangiliklar
LUTFIY MAHALLASIDA UYLARNING TOM QISMINI TA’MIRLASH ISHLARI BOSHLANDI
Gallery image 221222
Gallery image 221223
Gallery image 221224
Gallery image 221225
Gallery image 221226
Gallery image 221227
NORBAYEVA GULSHAN XASHIMOVNA
21 Avg 2026
09:12

LUTFIY MAHALLASIDA UYLARNING TOM QISMINI TA’MIRLASH ISHLARI BOSHLANDI

Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashi 8-Lutfiy saylov okrugi deputati Xidiyatulina Rima Rashitovnaga saylov okrugi fuqarolaridan kelib tushgan murojaatlar asosida Lutfiy mahallasida uzoq yillar davomida ta’mirlanmay, yaroqsiz holatga kelib qolgan ko‘p qavatli uylarning tom qismini ta’mirlash ishlari boshlandi.

Mazkur masala deputat tomonidan o‘rganilib, tegishli tashkilotlarga murojaatlar yo‘llanishi hamda mas’ul tashkilotlar bilan olib borilgan ishlar natijasida muammoni amaliy hal etish choralari ko‘rildi.

Ta’mirlash ishlarining borishi, ishlarning sifatli va belgilangan talablar asosida amalga oshirilishini bevosita nazorat qilish maqsadida deputat Xidiyatulina Rima Rashitovna saylov okrugiga borib, amalga oshirilayotgan ishlar jarayoni bilan joyida tanishdi.

O‘rganish davomida ta’mirlash ishlarining bajarilish holati ko‘zdan kechirilib, mas’ul tashkilotlar vakillariga ishlarni sifatli tashkil etish, belgilangan muddatlarga qat’iy rioya qilish hamda aholiga qulay sharoit yaratishga alohida e’tibor qaratish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Deputatlik faoliyatining asosiy maqsadi — fuqarolarning murojaatlarida ko‘tarilgan muammolarni o‘rganish, ularning amaliy yechimini ta’minlash va hududdagi dolzarb masalalarni doimiy nazoratda ushlab borishdan iborat.