Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputati X.Abduvohidov hamda tuman prokurori X.Gaziyev boshchiligida xorijda  mehnat qilayotgan va ta'lim olayotgan yoshlar bilan onlayn muloqot o'tkazildi.
Gallery image 221202
Gallery image 221203
Gallery image 221204
Gallery image 221205
Gallery image 221206
Gallery image 221207
Gallery image 221208
Gallery image 221209
Gallery image 221210
ORTIQBOYEV RUSTAM ZAYNIDDIN O‘G‘LI
21 Avg 2026
08:58

Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputati X.Abduvohidov hamda tuman prokurori X.Gaziyev boshchiligida xorijda mehnat qilayotgan va ta'lim olayotgan yoshlar bilan onlayn muloqot o'tkazildi.

Videokonferensiya shaklida o'tgan samimiy suhbatda migratsiyada bo'lib turgan 30 nafarga yaqin yoshlar ishtirok etishdi. Muloqot davomida yoshlarning yashash va ish joylaridagi shart-sharoitlari, duch kelayotgan masalalari atroflicha o'rganilib, ularning taklif va tashabbuslari tinglandi.

Shuningdek, bugungi kunda Paxtakor tumanida yosh tadbirkorlar va mutassislar uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar, yangi ish o'rinlari ijtimoiy va iqtisodiy sohalardagi o'zgarishlar haqida batafsil ma'lumot berildi.

Yurtimizda yaratilayotgan sharoitlardan unumli foydalangan holda yoshlarni o'z oilalari bag'riga — Vatanga qaytib, munosib daromad topishlari uchun barcha zarur ko'mak ko'rsatilishi ta'kidlandi.