Barcha yangiliklar
Maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi o‘rganildi
Gallery image 221193
Gallery image 221194
Gallery image 221195
ORTIQBOYEV RUSTAM ZAYNIDDIN O‘G‘LI
21 Avg 2026
08:44

Maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi o‘rganildi

Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputati B.Misratullayev o‘z saylov okrugi hududidagi 3-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining 2026–2027-o‘quuv yiliga tayyorgarlik holatini o‘rgandi.

O‘rganish davomida sinf xonalari, sport zali hamda o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘RQ-637-son, 2020-yil 23-sentabrdagi qonun hujjatlari ijrosi yuzasidan ham o‘rganish olib borildi.

Maktabning o‘quv jarayonini samarali tashkil etish, ta’lim oluvchilar uchun munosib sharoit yaratish hamda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, ularning ijrosi deputat nazoratiga olindi.