Barcha yangiliklar
Kengash_faoliyati
Gallery image 221169
Gallery image 221170
Gallery image 221171
Gallery image 221172
Gallery image 221173
Gallery image 221174
Gallery image 221175
Gallery image 221176
ESHONQULOV ELBEK ABDURAZOQOVICH
20 Avg 2026
19:46

Kengash_faoliyati

Deputat so‘rovi ijrosi: Mustaqillik ko‘chasining 2,7 km qismi asfaltlandi

Bandixon tumanida deputatlik nazorati va ijro intizomining uzviyligi natijasida aholini qiynab kelayotgan infratuzilma masalalari ijobiy yechim topmoqda.

Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi deputati X.A.Abdimo‘minovning "Bandixon" mahallasidagi Mustaqillik ko‘chasi yo‘lini ta’mirlash bo‘yicha tuman yo‘llardan foydalanish korxonasi DMga yuborgan deputat so‘rovi yuzasidan amaliy choralar ko‘rib chiqildi.

Tuman yo‘llardan foydalanish korxonasi DM bergan rasmiy axborotga binoan, ushbu hududdagi mahalliy ahamiyatga ega 75 V 089 avtomobil yo‘lining Mustaqillik ko‘chasidan o‘tgan 2.7 km qismida asfalt yotqizish ishlari to‘liq bajarildi.

Hozirda ko‘chada ta’mirlash va infratuzilmani yaxshilash ishlari reja asosida davom ettirilmoqda.