Barcha yangiliklar
Deputatlar “Surxon suv ombori” hududidagi ekoturizm loyihasini o‘rgandilar
Gallery image 221095
Gallery image 221096
Gallery image 221097
Gallery image 221098
Gallery image 221099
GULMATOV TOSHMUROD MAMATALIYEVICH
20 Avg 2026
19:15

Deputatlar “Surxon suv ombori” hududidagi ekoturizm loyihasini o‘rgandilar

Tashrif davomida deputatlar hududning turistik salohiyati, mavjud imkoniyatlar hamda ekoturizmni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rgandilar. Shuningdek, hududda yangi investitsion loyihalarni amalga oshirish istiqbollari yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.
O‘rganish jarayonida “Surxon suv ombori”ning tabiiy imkoniyatlaridan samarali foydalanish, zamonaviy turistik infratuzilmani shakllantirish, aholi va sayyohlar uchun qulay dam olish maskanlarini tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Deputatlar yangi investitsion loyihalarning amalga oshirilishi hududning sayyohlik salohiyatini yanada oshirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va mahalliy aholining farovonligini yuksaltirishga xizmat qilishini ta’kidladilar.
Kelgusida ekoturizm kompleksini rivojlantirish, hududga investorlarni jalb etish va mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish bo‘yicha ishlarni izchil davom ettirish belgilandi.