Barcha yangiliklar
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan
Gallery image 220911
Gallery image 220912
Gallery image 220913
Gallery image 220914
XO‘JANAZAROV SHUXRAT BEKNAZAROVICH
20 Avg 2026
18:36

Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

🟢 Deputat saylov okrugida uyma-uy o‘rganish olib bordi

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati mudiri O. Tursunov, 10-Chag‘atoy saylov okrugi deputati Q. Raxamov hamda Chag‘atoy mahallasi ijtimoiy xodimi bilan birgalikda mahallada uyma-uy yurib o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida ijtimoiy reyestrda turuvchi fuqarolarning xonadonlariga tashrif buyurilib, ularning yashash sharoiti, mavjud muammolari va ehtiyojlari bilan yaqindan tanishildi.

Fuqarolar bilan suhbatlar davomida aniqlangan masalalar qayd etilib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli choralarni ko‘rish yuzasidan takliflar shakllantirildi.

📌 Okrugda uyma-uy o‘rganish — fuqarolar muammosini joyida aniqlash va ularning murojaatlarini amaliy yechimga yo‘naltirishning muhim vositasidir.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube