Barcha yangiliklar
Kengash va hokimlik hamkorligi
Gallery image 220882
Gallery image 220883
Gallery image 220884
Gallery image 220885
XURRAMOV LAZIZ FAXRIDDIN O‘G‘LI
20 Avg 2026
18:31

Kengash va hokimlik hamkorligi

Tuman Xalq qabulxonasida Tuman hokimining birinchi o‘rinbosari I. Mustaramov hamda Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi kotibiyati mudiri M. Yarmatovlar ishtirokida fuqarolar qabuli o‘tkazildi.

Qabul davomida fuqarolar tomonidan turli masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi. Murojaatlarning ayrimlari joyida o‘rganilib, amaliy yechim topilgan bo‘lsa, qo‘shimcha o‘rganish va tegishli choralar ko‘rishni talab etadigan masalalar nazoratga olindi.

Fuqarolar murojaatlarini tinglash, ularning muammolariga manzilli yechim topish hamda ijrosini ta’minlash borasidagi ishlar Kengash va hokimlik hamkorligida izchil davom ettirilmoqda.

Har bir murojaat — e’tibor, har bir muammo — amaliy yechim.