Barcha yangiliklar
Qonun targ‘iboti — huquqiy bilim va huquqiy madaniyat sari
Gallery image 220827
Gallery image 220828
Gallery image 220829
Gallery image 220830
Gallery image 220831
Gallery image 220832
XURRAMOV LAZIZ FAXRIDDIN O‘G‘LI
19 Avg 2026
18:22

Qonun targ‘iboti — huquqiy bilim va huquqiy madaniyat sari

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi 12-Qodiriy saylov okrugi deputati Qo‘ziyeva Shoira hamda Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi kotibiyati mudiri M. Yarmatov tomonidan Angor tumanidagi Axborot-kutubxona markazida O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ-837-son Qonuni mazmun-mohiyatini keng targ‘ib etishga qaratilgan huquqiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Tadbir davomida mazkur qonunning asosiy mazmuni, unda belgilangan muhim me’yorlar hamda fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlashdagi ahamiyati haqida batafsil tushunchalar berildi. Ishtirokchilarga qonun hujjatlaridan xabardor bo‘lish, o‘z huquq va majburiyatlarini bilish hamda qonunlarga hurmat ruhida yashashning muhimligi tushuntirildi.

Shuningdek, aholining huquqiy savodxonligini oshirish, qonunlarning mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish hamda huquqiy madaniyatni yuksaltirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarning ahamiyatiga to‘xtalib o‘tdi.
Bunday targ‘ibot tadbirlari aholining huquqiy bilimlarini mustahkamlash, qonun ustuvorligini ta’minlash va fuqarolarning huquqiy madaniyatini yanada oshirishga xizmat qiladi.