Barcha yangiliklar
Nazorat tadbirlari davom etmoqda 19¹-modda
Gallery image 220797
Gallery image 220798
Gallery image 220799
Gallery image 220800
Gallery image 220801
Gallery image 220802
XURRAMOV LAZIZ FAXRIDDIN O‘G‘LI
19 Avg 2026
18:18

Nazorat tadbirlari davom etmoqda 19¹-modda

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi 13-Angor saylov okrugi deputati Jo‘rayev Akbar Nortijeyevich tomonidan Qadimiy Angor mahallasida joylashgan Mustaqillik oilaviy shifokorlik punktida olib borilayotgan rekonstruksiya ishlari o‘rganildi.

Nazorat davomida mavjud oilaviy shifokorlik punktini aholiga yanada qulay va zamonaviy tibbiy xizmat ko‘rsatish imkoniyatlarini. kengaytirish maqsadida qayta rekonstruksiya qilish ishlari olib borilayotgani ko‘zdan kechirildi.

Loyiha doirasida 200 o‘rinli tibbiyot maskanini tashkil etish, aholiga sifatli va qulay tibbiy xizmat ko‘rsatish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish ko‘zda tutilgan.

Mazkur nazorat tadbirida xalq deputatlari Angor tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Xurramov Laziz ham ishtirok etdi.

Deputatlik nazorati davomida amalga oshirilayotgan qurilish va rekonstruksiya ishlarining sifati, belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida bajarilishi hamda kelgusida aholi manfaatlariga xizmat qilishi masalalariga alohida e’tibor qaratildi.