Barcha yangiliklar
#kotibiyat   Qarshiobod mahallasida “yettilik” faoliyati o‘rganildi
Gallery image 220768
Gallery image 220769
Gallery image 220770
Gallery image 220771
TURAYEV ELDOR MAXMUDOVICH
20 Avg 2026
18:15

#kotibiyat Qarshiobod mahallasida “yettilik” faoliyati o‘rganildi

#kotibiyat Qarshiobod mahallasida “yettilik” faoliyati o‘rganildi
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi kotibiyati mudiri F. Xolmuratova tomonidan Qarshiobod mahallasidagi “mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi.
O‘rganish davomida mahallada aholi bilan ishlash, fuqarolar murojaatlarini ko‘rib chiqish, ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalarni aniqlash, bandlikni ta’minlash hamda aholini daromadli mehnatga jalb etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
Shuningdek, “mahalla yettiligi” a’zolarining o‘zaro hamkorligi, belgilangan vazifalarning ijrosi hamda hududdagi mavjud muammolarni aniqlash va ularni hal etish bo‘yicha olib borayotgan ishlari ko‘zdan kechirildi.
O‘rganish yakunida aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiya va topshiriqlar berilib, mahallada aholi bilan ishlash samaradorligini yanada oshirish, muammolarni manzilli hal etish va ijro intizomini kuchaytirish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.
Mahalla — xalq bilan bevosita muloqot va muammolarni hal etishning eng muhim bo‘g‘ini.