Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi
Gallery image 220746
Gallery image 220747
Gallery image 220748
Gallery image 220749
Gallery image 220750
Gallery image 220751
Gallery image 220752
SUVANKULOV SHOXZAMON SHUXRAT O‘G‘LI
20 Avg 2026
18:11

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Boyovut tumani 1-son texnikumida olib borilayotgan o‘rganishlar davomida tuman Kengashi deputatlari X.Berdiyarova, X.Jo‘raxolov hamda X.Shayimovalar o‘quvchilarni kasb-hunarga o‘rgatish yo‘nalishidagi o‘quv-amaliyot ustaxonalari faoliyati bilan tanishdilar.

Ma’lum bo‘lishicha, texnikumda jami 8 ta o‘quv-amaliyot ustaxonasi mavjud bo‘lib, ularning barchasi yangi 2026–2027-o‘quv yiliga tayyor holatga keltirilgan.

O‘rganish jarayonida o‘qituvchilar va o‘quvchilar tomonidan tayyorlangan turli uskunalar, amaliy mashg‘ulotlar uchun yaratilgan sharoitlar hamda ustaxonalarning zarur jihozlar bilan ta’minlanganligi deputatlar e’tiborini tortdi.

Ta’kidlash joizki, texnikumda o‘quvchilarning nazariy bilimlarini amaliyot bilan mustahkamlashi, tanlagan kasbi bo‘yicha zarur ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lishi uchun yetarli sharoitlar yaratilgan.

Yaratilgan imkoniyatlardan samarali va unumli foydalanish, o‘z ustida muntazam ishlash hamda amaliy bilim va ko‘nikmalarni puxta egallash orqali o‘quvchilar kelgusida malakali va raqobatbardosh mutaxassis bo‘lib yetishishlari uchun mustahkam zamin yaratiladi.