Barcha yangiliklar
#Kotibiyat mudiri_faolyati  #Kengash_va_deputatlar_haqida #Deputat_nazorati
Gallery image 220696
Gallery image 220697
Gallery image 220698
Gallery image 220699
Gallery image 220700
Gallery image 220701
Gallery image 220702
XURRAMOV LAZIZ FAXRIDDIN O‘G‘LI
17 Avg 2026
18:06

#Kotibiyat mudiri_faolyati #Kengash_va_deputatlar_haqida #Deputat_nazorati

2026–2027 o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi
Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi 11-Navro‘z saylov okrugi deputati To‘rayev Norquvvot To‘rayevich tomonidan Navro‘z mahallasida joylashgan 1-sonli umumta’lim maktabining 2026–2027 o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi.

O‘rganish davomida 900 o‘rinli ta’lim muassasasidagi o‘quv xonalarining yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi, xonalarning jihozlanishi, ko‘rgazmali targ‘ibot materiallari va plakatlarning joylashtirilishi, shuningdek, o‘quv jarayonlarini samarali tashkil etish uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar atroflicha ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, maktab hududida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari, maktab oldi hududining ozodaligi hamda mavsumiy gullar ekilishi va parvarishlanishiga alohida e’tibor qaratildi.

Deputat tomonidan ta’lim muassasasida yangi o‘quv yilini yuqori saviyada boshlash, o‘quvchilar uchun qulay va zamonaviy ta’lim muhitini yaratish hamda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Mazkur nazorat tadbiri ta’lim muassasasining yangi o‘quv yiliga puxta tayyorgarligini ta’minlash, o‘quvchilar uchun munosib sharoitlar yaratish va ta’lim sifatini yanada oshirishga qaratilgan.