Barcha yangiliklar







OLIMJONOV OMADBEK ABRORJON O‘G‘LI
11 Avg 2026
00:00
“Pistamozor” MFYda obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati D. Talipova tomonidan “Pistamozor” MFY hududida amaliy o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish davomida mahallada obodonlashtirish, tozalik va ko‘kalamzorlashtirish ishlari jadal olib borilayotgani, ko‘chalar va jamoat joylarini tartibga keltirish jarayonlari ko‘zdan kechirildi.
Hududni yanada obod va ko‘rkamlashtirish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.
Obod mahalla — farovon hayot garovi!