Barcha yangiliklar
14-maktabda korrupsiyaga qarshi targ‘ibot uchrashuvi o‘tkazildi
Gallery image 220682
Gallery image 220683
Gallery image 220684
OLIMJONOV OMADBEK ABRORJON O‘G‘LI
11 Avg 2026
00:00

14-maktabda korrupsiyaga qarshi targ‘ibot uchrashuvi o‘tkazildi

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati A. Appakov tomonidan Andijon shahridagi 14-maktabda Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha doimiy komissiya bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida korrupsiyaning oldini olish, qonuniylik va shaffoflikni ta’minlash masalalari yuzasidan tushuntirishlar berildi. Shuningdek, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar uchun belgilangan javobgarlik choralari hamda tegishli qonun hujjatlaridagi moddalar mazmun-mohiyati ishtirokchilarga tushuntirib o‘tildi.

Tadbir davomida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga javoblar berilib, korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirish bo‘yicha tavsiyalar bildirildi.

Korrupsiyaga qarshi kurash — barchamizning umumiy vazifamiz!