Barcha yangiliklar
14-maktabda amaliy o‘rganish o‘tkazildi
Gallery image 220649
Gallery image 220650
Gallery image 220651
OLIMJONOV OMADBEK ABRORJON O‘G‘LI
11 Avg 2026
00:00

14-maktabda amaliy o‘rganish o‘tkazildi

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati A. Appakov tomonidan Andijon shahridagi 14-maktabda amaliy o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida maktab hududida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari jadal olib borilayotgani, hudud tozaligi va tartibga keltirish ishlari ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, 2026–2027-o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayoni, o‘quvchilar uchun yaratilayotgan sharoitlar hamda maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi.

Maktabda yangi o‘quv yilini munosib kutib olish, o‘quvchilar uchun qulay va zamonaviy muhit yaratish borasidagi ishlar izchil davom etmoqda.