Barcha yangiliklar
#Deputatlik #sorovi_ijobiy
Gallery image 220634
Gallery image 220635
XURRAMOV LAZIZ FAXRIDDIN O‘G‘LI
14 Avg 2026
17:58

#Deputatlik #sorovi_ijobiy

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi deputati Raximqulov Jamshid Yo‘ldoshevich tomonidan 6-Qorasuv va Gulzor mahallalarida istiqomat qiluvchi fuqarolarning suyultirilgan gaz ta’minoti bo‘yicha murojaatlari joyiga chiqib o‘rganildi.

Deputatlik so‘rovi natijasida fuqarolarga suyultirilgan gaz yetkazib berilishi ta’minlandi. Ayni paytda mahalla hududlarida iste’molchilarga suyultirilgan gaz belgilangan tartibda yetkazib berilmoqda.

Shuningdek, fuqarolarga suyultirilgan gaz uchun to‘lovlarni abonent raqamlari orqali elektron shaklda amalga oshirish imkoniyati yaratilgani ma’lum qilindi.
Mazkur holat deputatlik so‘rovlarining amaliy natijasi hamda fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida o‘rganish va ularning muammolarini ijobiy hal etish muhimligini ko‘rsatadi.

Fuqarolar murojaati — deputat e’tiborida