Barcha yangiliklar
Qabul komissiyasi faoliyati o‘rganildi
Gallery image 220622
Gallery image 220623
OLIMJONOV OMADBEK ABRORJON O‘G‘LI
11 Avg 2026
00:00

Qabul komissiyasi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati A. Appakov tomonidan Andijon Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumida qabul komissiyasi faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida abituriyentlarni qabul qilish jarayoni, hujjatlarni rasmiylashtirish hamda qabul jarayonining belgilangan tartibda tashkil etilgani ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, abituriyentlar uchun yaratilgan sharoitlar va qabul jarayonining ochiqligi hamda shaffofligini ta’minlash masalalariga e’tibor qaratildi.