Barcha yangiliklar
Mahallalardagi yoshlar yetakchilari bilan uchrashuv
Gallery image 220616
Gallery image 220617
OLIMJONOV OMADBEK ABRORJON O‘G‘LI
11 Avg 2026
00:00

Mahallalardagi yoshlar yetakchilari bilan uchrashuv

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi raisi R. Ziyayev hamda Kengash mutaxassislari ishtirokida mahallalardagi yoshlar yetakchilari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Suhbat davomida yoshlar yetakchilarining mahallalardagi faoliyati, yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish, ularning muammo va takliflarini o‘rganish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, Yoshlar maslahati guruhi faoliyati, yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda yoshlar bilan ishlashda hamkorlikni kuchaytirish yuzasidan tavsiya va takliflar bildirildi.