Barcha yangiliklar
YOSHLAR TADBIRKORLIGI QO‘LLAB-QUVVATLANMOQDA!
Gallery image 220600
Gallery image 220601
Gallery image 220602
Gallery image 220603
Gallery image 220604
OLIMJONOV OMADBEK ABRORJON O‘G‘LI
10 Avg 2026
00:00

YOSHLAR TADBIRKORLIGI QO‘LLAB-QUVVATLANMOQDA!

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati, shahar hokimi Elyorbek Karimov yosh tadbirkorlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Muloqotda tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish istagidagi 100 dan ziyod yosh tadbirkorning biznes-rejalari va takliflari o‘rganildi.

Ularning kredit mablag‘lariga bo‘lgan ehtiyojlarini hal etish maqsadida tegishli bank va tashkilotlar biriktirildi.

Mahallalardagi hokim yordamchilari va yoshlar yetakchilariga yosh tadbirkorlarga amaliy ko‘mak ko‘rsatish vazifasi belgilandi.

Yoshlar tashabbusi — yangi imkoniyatlar va yangi ish o‘rinlari demakdir!