Barcha yangiliklar
QO‘SHIMCHA BINO QURILISHI ISHLARI DEPUTATLIK NAZORATIDA.
Gallery image 220504
Gallery image 220505
Gallery image 220507
Gallery image 220508
Gallery image 220509
Gallery image 220510
Gallery image 220511
Gallery image 220512
XURRAMOV LAZIZ FAXRIDDIN O‘G‘LI
12 Avg 2026
17:33

QO‘SHIMCHA BINO QURILISHI ISHLARI DEPUTATLIK NAZORATIDA.

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi 18-Yangi turmush saylov okrugi deputati Sevara Yuldashova tomonidan hududdagi ijtimoiy soha obyektlarida olib borilayotgan qurilish va ta’mirlash ishlari yuzasidan navbatdagi deputatlik nazorati amalga oshirildi.

Nazorat tadbiri davomida 23-sonli umumta’lim maktabining qo‘shimcha binosida olib borilayotgan qurilish ishlari o‘rganildi. Mazkur jarayonda ishlarning loyiha hujjatlari va belgilangan me’yoriy talablar asosida bajarilishi, qurilish sifati hamda ishlarning belgilangan muddatlarda yakunlanishiga alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganishda xalq deputatlari Angor tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi M.Choriyeva ham ishtirok etdi.

Shuningdek, deputat tomonidan 24-tavsiya ijrosi yuzasidan maktabda o‘rnatilayotgan liftlarning holati ham ko‘zdan kechirildi. Liftlarni o‘rnatish va ishga tushirish jarayonlarining belgilangan texnik hamda xavfsizlik talablariga muvofiq, sifatli va o‘z vaqtida bajarilishi yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

Deputatlik nazorati davomida aniqlangan masalalar ijrosi doimiy nazoratga olinishi, qurilish jarayonlarida sifatsizlik va kechikishlarga yo‘l qo‘ymaslik zarurligi ta’kidlandi.

Deputatlik nazorati — hududda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlarining sifatli, qonuniy va xalq manfaatlariga mos ravishda bajarilishini ta’minlashning muhim vositasidir.