Barcha yangiliklar
🎼 MADANIY FAOLIYAT VA MADANIYAT TASHKILOTLARI TO‘G‘RISIDAGI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
Gallery image 220479
Gallery image 220480
Gallery image 220481
Gallery image 220482
Gallery image 220483
Gallery image 220484
Gallery image 220485
RUZMETOV UMRBEK SHAVKATOVICH
20 Avg 2026
17:31

🎼 MADANIY FAOLIYAT VA MADANIYAT TASHKILOTLARI TO‘G‘RISIDAGI QONUN IJROSI O‘RGANILDI

📚 O‘zbekiston Respublikasining “Madaniy faoliyat va madaniyat tashkilotlari to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘RQ-668-son Qonuni ijrosi yuzasidan Shovot tumanidagi 8-son bolalar musiqa va san’at maktabi faoliyati o‘rganildi.
👤 O‘rganish jarayonida Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati Nurjanova Matluba Odombayevna hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Ro‘zmetov Umrbek Shavkatovich ishtirok etdilar.
🔎 O‘rganish davomida musiqa va san’at maktabida ta’lim-tarbiya jarayonining tashkil etilishi, o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, to‘garaklar faoliyati hamda madaniy tadbirlarning tashkil etilishi holatiga e’tibor qaratildi.
🎶 Shuningdek, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning san’at va madaniyatga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish hamda iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash masalalari yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
🤝 Madaniyat va san’at — yoshlar kamoloti va ma’naviy taraqqiyotining muhim omilidir!