Barcha yangiliklar
42-sonli maktabda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik
Gallery image 220422
Gallery image 220423
Gallery image 220424
OLIMJONOV OMADBEK ABRORJON O‘G‘LI
10 Avg 2026
00:00

42-sonli maktabda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati G'.Abdurahmonov saylov okrugidagi 42-sonli umumta’lim maktabida yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlari kotibiyat mutaxassisi O.Olimjonov tomonidan o‘rganildi.

O‘rganish davomida maktabdagi mavjud sharoitlar, ta’mirlash ishlari va tayyorgarlik holati ko‘zdan kechirildi.

Ayni paytda maktabda ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Mas’ullarga ishlarni sifatli va jadallashtirgan holda yangi o‘quv yili boshlanguniga qadar yakunlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

O‘quvchilar uchun munosib va qulay ta’lim sharoitlarini yaratish bo‘yicha ishlar davom etmoqda.