Barcha yangiliklar
Chim ustida xokkey bo‘yicha o‘g‘il bolalar (U-16) o‘rtasidagi O‘zbekiston kubogi yakunlandi!
Gallery image 220394
Gallery image 220395
Gallery image 220396
Gallery image 220397
OLIMJONOV OMADBEK ABRORJON O‘G‘LI
10 Avg 2026
00:00

Chim ustida xokkey bo‘yicha o‘g‘il bolalar (U-16) o‘rtasidagi O‘zbekiston kubogi yakunlandi!

 Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati R. Ahmadulin ishtirokida Andijon shahridagi “Xalqlar do‘stligi” sport maydonida o‘tkazilgan mazkur musobaqa yuqori saviyada tashkil etildi.

Bir necha kun davomida yosh xokkeychilar o‘rtasida murosasiz va qizg‘in bahslar kechdi. Sportchilar o‘zlarining mahorati, jismoniy tayyorgarligi, matonati va g‘alabaga bo‘lgan intilishini namoyish etdilar.

1-o‘rin — Andijon-2 jamoasi
2-o‘rin — Andijon-1 jamoasi
3-o‘rin — Namangan-2 jamoasi

Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindor jamoalarni taqdirlash marosimida Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati R. Ahmadulin ishtirok etib, yosh sportchilarni munosib natijalari bilan tabrikladi.

G‘olib va sovrindor jamoalarni muborakbod etib, yosh xokkeychilarga kelgusidagi sport musobaqalarida ulkan zafarlar tilaymiz!