Barcha yangiliklar
O‘zLiDeP a’zolari uchun “Yangiariq”da bepul tibbiy ko‘rik o‘tkazildi.
Gallery image 25667
Gallery image 25668
Gallery image 25669
Gallery image 25670
Gallery image 25671
MURODOV TURSUNBEK SHOGELDI O‘G‘LI
29 Yan 2025
17:33

O‘zLiDeP a’zolari uchun “Yangiariq”da bepul tibbiy ko‘rik o‘tkazildi.

O‘zLiDeP a’zolari uchun “Yangiariq”da bepul tibbiy ko‘rik o‘tkazildi.

Aholi salomatligini saqlash, kasalliklarni erta aniqlash maqsadida Termiz tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli “Yangiariq” shifoxonasida O‘zLiDeP Termiz tuman Kengashi deputati Gavhar Bahromova hamda partiyaning Surxondaryo viloyati Kengashi “Ayollar qanoti” tashabbusi bilan tibbiy ko‘rik tashkil etildi.

 “O‘zLiDeP onkologik kasalliklarga qarshi!” aksiyasi doirasida o‘tkazilgan chuqurlashtirilgan bepul tibbiy ko‘rikda hududdagi 200 nafardan ortiq xotin-qizlar ishtirok etdi. Unda ginekolog, terapevt, otoloringolog, kardiolog, onkolog kabi shifokor-mutaxassislar xotin-qizlarni ko‘rikdan o‘tkazdi.

 Shuningdek, UZD hamda laboratoriya tekshiruvlaridan ham o‘tkazilib, aniqlangan kasalliklar bo‘yicha mutaxassislar tomonidan zarur tavsiyalar berildi.