Barcha yangiliklar
"Payshanba — Yoshlar kuni" doirasida bitiruvchi yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi
Gallery image 220252
Gallery image 220253
Gallery image 220254
Gallery image 220255
Gallery image 220256
OLIMJONOV OMADBEK ABRORJON O‘G‘LI
06 Avg 2026
00:00

"Payshanba — Yoshlar kuni" doirasida bitiruvchi yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati, Andijon shahar hokimi Elyorbek Karimov tomonidan 50-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida bitiruvchi yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida yoshlarning ta’lim olishi, kasb tanlashi, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni egallashi, bandligini ta’minlash hamda ularning tashabbus va g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.

Yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, ta’lim va kasb-hunar egallash, tadbirkorlikni rivojlantirish, xorijiy tillarni o‘rganish hamda zamonaviy kasblarni egallashning ahamiyati haqida fikrlar bildirildi.

Muloqot davomida bitiruvchilarning taklif va murojaatlari tinglanib, ularni hal etish yuzasidan tegishli vazifalar belgilandi.

Yoshlar bilan doimiy muloqotni yo‘lga qo‘yish va ularni qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlar davom ettirilmoqda.