Barcha yangiliklar
24 tavsiya ijrosi doirasida amaliy ishlar davom etmoqda
Gallery image 220218
Gallery image 220219
Gallery image 220220
OLIMJONOV OMADBEK ABRORJON O‘G‘LI
06 Avg 2026
00:00

24 tavsiya ijrosi doirasida amaliy ishlar davom etmoqda

Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 tavsiya asosida hududlarda amaliy ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati Dilafruz Qurbonova tomonidan o‘z saylov okrugidagi "Maydon bozor" MFYga tashrif buyurildi.

Tashrif davomida mahalla faollari bilan hududda amalga oshirilayotgan ishlar, aholi uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar hamda mahallani yanada obod va farovon etishga qaratilgan chora-tadbirlar yuzasidan suhbat o‘tkazildi.

Hududlarni kompleks rivojlantirish va aholi murojaatlariga yechim topish borasidagi amaliy ishlar davom ettirilmoqda.