Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashi
Gallery image 220208
Gallery image 220209
Gallery image 220210
Gallery image 220211
Gallery image 220212
Gallery image 220213
Gallery image 220214
NOMOZOV SAFARJON IBROHIM O‘G‘LI
19 Avg 2026
00:00

Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashi

Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi L. Toshquvvatov hamda tuman deputati B.Bekmurodov tomonidan 12-maktabda amalga oshirilayotgan ta'mirlash ishlarining borishi joyiga chiqqan holda oʻrganildi.
Oʻrganish davomida qurilish-ta'mirlash ishlarining sifati, bajarilish sur'ati hamda belgilangan muddatlarga rioya etilishi koʻzdan kechirildi. Shu bilan birga, ayrim ishlar boʻyicha sur'atni oshirish, qurilish materiallaridan samarali foydalanish va ishlarni belgilangan talablar asosida tashkil etish zarurligi ta'kidlandi.
Mas'ullarga ta'mirlash ishlarini sifatli va oʻz vaqtida yakunlash, oʻquvchilar uchun munosib va xavfsiz ta'lim muhitini yaratish yuzasidan tegishli tavsiya hamda koʻrsatmalar berildi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va ishlar ijrosini qat'iy nazoratga olish boʻyicha vazifalar belgilab olindi.