Barcha yangiliklar
Imtiyozli kredit asosida tashkil etilgan issiqxona faoliyati o‘rganildi
Gallery image 220083
Gallery image 220084
Gallery image 220085
Gallery image 220086
JUMAYEV ADXAMJON AKRAMOVICH
20 Avg 2026
15:53

Imtiyozli kredit asosida tashkil etilgan issiqxona faoliyati o‘rganildi

 Imtiyozli kredit asosida tashkil etilgan issiqxona faoliyati o‘rganildi 

  

Xalq deputatlari Oltiariq tuman Kengashi 21-Paxtaobod saylov okrugi deputati Axmedov Qilichbek Dadaparpiyevich tomonidan Zilol MFY hokim yordamchisi tavsiyasi asosida ajratilgan imtiyozli kreditlar hisobidan amalga oshirilgan loyihalar o‘rganildi. O‘rganish davomida N. Qo‘shmurotovaga 4 sotix maydonda issiqxona tashkil etish uchun 33 mln so‘m imtiyozli kredit ajratilgani ma’lum bo‘ldi. Bugungi kunda issiqxonadan samarali foydalanib kelinmoqda. Shuningdek, Zilol MFY tabiiy gaz bilan
ta’minlanmaganligi sababli qish mavsumida ham issiqxonadan samarali foydalanish uchun isitish tizimini sifatli ko‘mir bilan ta’minlash zarurligi ta’kidlandi.
Mazkur masala deputat tomonidan nazoratga olindi.