Barcha yangiliklar
Bashir mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi
Gallery image 220062
Gallery image 220063
Gallery image 220064
Gallery image 220065
QANOATOV DILSHOD ABDUSAMAT O‘G‘LI
20 Avg 2026
15:42

Bashir mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi

Bashir mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi.

Xalq deputatlari tuman Kengashining 5-Bashir saylov okrugidan saylangan deputati A. Otayev xizmat safarida ekanligi sababli, tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi D. Qanoatov tomonidan Bashir mahallasidagi ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida 2026-yil boshida mahallada 51 ta oila Kambag‘allik reyestriga kiritilgani, bugungi kunda esa 41 ta oila reyestrda qolayotgani aniqlandi. 10 ta oilaning ijtimoiy ahvoli yaxshilangani sababli ular reyestrdan chiqarilgan.

Shuningdek, shu davr mobaynida ehtiyojmand oilalarga 50 ga yaqin moddiy yordam ko‘rsatilgan.

O‘rganish yakunida ijtimoiy xodim faoliyatini yanada samarali tashkil etish hamda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.