Barcha yangiliklar
YANGI O‘QUV YILIGA TAYYORGARLIK JARAYONI O‘RGANILDI
Gallery image 220003
Gallery image 220004
Gallery image 220005
Gallery image 220006
Gallery image 220007
ORTIQBOYEV RUSTAM ZAYNIDDIN O‘G‘LI
20 Avg 2026
15:20

YANGI O‘QUV YILIGA TAYYORGARLIK JARAYONI O‘RGANILDI

Yangi o‘quv yilini munosib kutib olish, ta’lim muassasalarida o‘quvchilar uchun qulay va xavfsiz sharoitlarni yaratish, mavjud kamchiliklarni o‘z vaqtida aniqlash va bartaraf etish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Shu maqsadda Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputatlari Sh.Karimov, K.Mamanova hamda Sh.Mirzayev tomonidan yangi o‘quv yili oldidan tumandagi 8-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 2026–2027-o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi.

O‘rganish davomida maktab binosi va sinf xonalarining holati, hududning obodonlashtirilganligi, sanitariya-gigiyena sharoitlari, o‘quv jarayoni uchun zarur jihozlarning mavjudligi hamda maktabning yangi o‘quv yiliga qay darajada tayyorligi ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, aniqlangan muammolarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.