Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi
Gallery image 219998
Gallery image 219999
Gallery image 220000
Gallery image 220001
Gallery image 220002
KENJAYEV UMIDJAN YULDASHEVICH
20 Avg 2026
15:16

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi

Mahalliy davlat hokimiyati to'g'risida" qonunning 19/1 prim moddaga asosa Xalq deputatlari tuman Kengashi huzuridagi Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiya a’zolari Y.Jo‘rayeva, J.Mamadaliyev hamda tuman Kengashi kotibiyati mudiri N.Turdiyev tomonidan navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilishi rejalashtirilgan masala yuzasidan U.Nosir SIU hududidagi ekinlar holati o‘rganildi.

O‘rganish davomida hududda jami 2 499 gektar maydonda dukkakli don ekinlari yetishtirilayotgani aniqlandi. Ushbu maydonlarda mosh, loviya, no‘xat va boshqa turdagi dukkakli ekinlar ekilgan.

Shuningdek, ekinlarning bugungi holati, ularni sug‘orish va parvarishlash jarayonlari hamda suvdan samarali foydalanish masalalariga e’tibor qaratildi. O‘rganish jarayonida suv tejovchi texnologiyalarni keng joriy etish orqali mavjud suv resurslaridan oqilona foydalanish muhimligi ta’kidlandi.