Barcha yangiliklar
Maktablarning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi o‘rganildi
Gallery image 219943
Gallery image 219944
ORTIQBOYEV RUSTAM ZAYNIDDIN O‘G‘LI
20 Avg 2026
14:54

Maktablarning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi o‘rganildi

Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputatlari Sh.Karimov, K.Mamanova hamda Sh.Mirzayev tomonidan yangi o‘quv yili oldidan tumandagi 20-umumta’lim maktabining 2026–2027-o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi.

O‘rganish davomida maktablarda o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ta’lim jarayoniga tayyorgarlik, mavjud muammolar hamda ularni bartaraf etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, yangi o‘quv yilini munosib kutib olish, o‘quvchilar uchun qulay va xavfsiz ta’lim muhitini yaratish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va takliflar berildi.